Taʼlim krediti berişning yangi tartibi tasdiqlandi
❗️ Taʼlim kreditining yangi tartibi haqida maʼlumotlar. Endi sirtqi va keçki şaklga ham, şuningdek texnikumlarga ham taʼlim krediti olsa böladi.
👍 2022-yil 18-iyuldagi Prezident qaroriga köra, talabalarga taʼlim krediti beriş böyiça bir qator yaxşi özgarişlar joriy etildi. Jumladan, xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladigan böldi.
Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/15110
✅ Bundan taşqari ötgan yildan beriş boşlangan odatiy taʼlim krediti böyiça ham 3 ta asosiy özgariş bor:
1️⃣ endi sirtqi va keçki taʼlim uçun ham beriladi (ilgari faqat kunduzgi taʼlimga edi);
2️⃣ endi örta maxsus va professional taʼlim taşkilotlari (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.) uçun ham oliş mumkin (ilgari faqat oliy taʼlimga edi);
3️⃣ endi qarindoş bölmagan uçinçi şaxslarni ham birgalikda qarz oluvçi (kafil) qiliş mumkin (ilgari faqat oila aʼzolari yoki vasiysiga ruxsat berilgandi).
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT
✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim taşkilotlarida tölov-kontrakt asosida öqiş uçun taʼlim kreditlari ajratişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (№527, 18.08.2021 y.)
✔️Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi örtasida tuzilgan tölov-kontrakt şartnomasi miqdorida
✔️Muddati: öqiş muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil muddatga
✔️Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 15% — 2022-yil 21-iyul holatiga).
✔️Asosiy stavka özgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka kötarilsa, unda kredit foizi özgarmaydi (yaʼni kötarilmaydi).
✔️Kimlarga beriladi:
✅ kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlim şakliga
✅ bakalavr yoki magistrga
✅ tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan
✅ yoki öqişini köçirgan talabalarga beriladi.
❌ super-kontrakt uçun yoki ikkinçi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi şakllar uçun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Qaysi OTMlar uçun: taʼlim krediti Özbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy
✅ oliy;
✅ örta maxsus;
✅ professional taʼlim taşkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qöşma dasturda öqiydigan talabalarga beriladi.
❌ Xorijda joylaşgan OTMlarda öqiş uçun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Kafillik: kredit oluvçining doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boşqa uçinçi şaxslar taʼlim krediti şartnomasida birgalikda kredit oluvçi sifatida qatnaşişlari mumkin.
✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat Özbekiston fuqarolari uçun beriladi. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga banklarning özlari tijoriy şartlarda kredit berişi mumkin.
✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi örtasidagi şartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilişining taʼminoti böyiça hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti böyiça garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovçi maʼlumotnoma (agar bölsa);
d) bankning içki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boşqa hujjatlar, şu jumladan, birgalikda kredit oluvçiga tegişli maʼlumot va hujjatlar.
✔️Ariza körib çiqiliş vaqti: ariza 5 iş kunida körib çiqilişi va kredit şartnomasi imzolanişi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi körsatilgan javob xati beriladi.
✔️Muddatdan oldin qaytariş: kredit oluvçi taʼlim kreditini şartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarişga haqli.
***
Taʼlim krediti mavzusida ovozli çatni eşitiş (2021-yil 21-avgustdagi):
https://t.me/xushnudbek/10938
Öqişni köçirganlar qaçon taʼlim krediti olişi mumkin:
https://t.me/xushnudbek/10942
10 mln söm taʼlim krediti oliş uçun oyiga qança oylik iş haqi talab etiladi:
https://t.me/xushnudbek/10950
Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi?
https://t.me/xushnudbek/10974
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 14


