Propiska tizimi Özbekiston rivojiga xalal bermoqda
Manba:Daryo — LIVE
Propiska tizimi Özbekiston rivojiga xalal berişi haqida yana bir tadqiqot
Jahon bankining Kam taʼminlanganlik va tenglik böyiça guruhi tadqiqotçisi Uilyam Seiz (William Seitz) tomonidan Özbekistondagi içki migratsiya va arzon uy-joy bilan taʼminlaniş holati böyiça ötkazilgan tadqiqot eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda @MacroBS kanali.
Tadqiqot “Özbekiston fuqarolarini tinglaş” sörovi asosida olib borilgan bölib, Özbekistondagi içki migratsiya faolligiga tösqinlik qiluvçi omillarni aniqlaşga qaratilgan. Unda qayd etilişiça, Özbekiston içki migratsiya darajasi böyiça dunyodagi eng past (1,2 foiz) körsatkiçga ega davlatlar qatorida bölib, urbanizatsiya jarayoni mamlakatda 2009-yildan buyon turğun holatda.
Buning asosiy sabablari sifatida ikkita holat qayd etilgan: (i) huquqiy çeklov (propiska tizimi) va (ii) şaharlar va qişloqlardagi yaşaş harajatlari örtasidagi katta tafovut (davlatdagi örtaça körsatkiçdan, masalan, Toşkent şahrida yaşaş 5,5 barobarga qadar yuqori).
Tadqiqotçining fikriça, mazkur holat saqlanib qoladigan bölsa, köplab davlatlar tajribasi şuni körsatmoqdaki, Özbekistonda işlab çiqariş va samaradorlik surati pasayib, aholining daromadi va bandlik darajasi salohiyatidan köra past böladi.
Tadqiqotçi tomonidan yuqoridagi holatni bartaraf etiş böyiça quyidagi çora-tadbirlar amalga oşirilişi taklif etilmoqda:
▪️Singapur, Gonkong, Xitoyda amalga oşirilgani singari katta miqyosda arzon ijara uylarini quriş orqali ijara uy-joy bozorini şakllantiriş;
▪️uy-joy sohasidagi investitsiyani taʼminlaş uçun yerga bölgan huquqni kafolatlaş;
▪️arzon uy-joy uçun ham taklif, ham talab tomonidan targetlaşgan subsidiyalar beriş.
Propiskaning turgan-bitgani zararli ekani haqida bundan avval ham köp va xöb yozilgan edi.

