Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov suhbati
«Iqtisodçi kundaligi» kanali muallifi Behzod Hoşimov Kaliforniya universiteti professori Nuriddin Ikromov bilan suhbat uyuştiribdi.
Suhbat davomida şaharlar iqtisodiyoti, şaharlarni rejalaştiriş, ipoteka, arzon uy-joylar haqida söz yuritilgan.
Töğrisi, mazza qilib tomoşa qildim, zör fikrlar bildirilgan. Ayniqsa propiska tizimining ham iqtisodiy tomondan katta zarar ekanligi haqida asosli fikrlar aytilgan.
Özim uçun yana bir qiziq maʼlumot, bu arzon uy-joylar qurilişi haqidagi fikrlar böldi. Professor Nuriddin Ikromov AQŞ misolida bir argumentni taʼkidladi, yaʼni davlat arzon uylar qura olmaydi, davlat qurgan uylar narxi doim xususiy şirkatlarning uylaridan qimmat böladi. Faqat buning uçun xususiy biznesda oçiq va şaffof raqobat bölişi kerak. Masalan, şahar markazidagi "yoğli" yer maydonlari yopiq va tuşunarsiz tarzda ayrim biznesmenlarga tortiq qilinadigan şaroitda soğlom raqobat haqida gap bölişi ham mumkin emas.
Xullas, böş vaqtingiz va imkoningiz bölsa, uşbu suhbatni tomoşa qilişni tavsiya etaman:


