Xorijliklar oqimi Özbekiston uy-joy bozoriga taʼsiri
Xorijliklarning yaşaş uçun kelayotgani Özbekiston uy-joy bozoriga qanday taʼsir ötkazmoqda?
Lenta.uz sayti şu masaladagi tahlillarni eʼlon qildi. Unda yozilişiça, sönggi bir yarim oyda mamlakatga 5 mingga yaqin xorijlik kelgan va bu jarayon davom etmoqda. Bu esa ijara stavkalarini birgina fevral — mart oylarida 15% ga kötargan. Umuman olganda, Özbekistonda uç oylik ijara haqi 0,9 foizga, 2021-yilning şu davriga nisbatan ikki baravar qimmatlaşgan.
Riyeltorlarning taʼkidlaşiça, yaqin kelajakda çet elliklar oqimining yanada ortişi sabab ijara bozorida takliflar taqçilligi paydo bölişi mumkin.
Rossiyaliklarning ommaviy köçişi fonida boşqa xorij mamlakatlarida ham ijara narxining oşişi kuzatilgan. Misol uçun, Yerevan (Armaniston) markazida bir xonali kvartirani ijaraga oliş bir oy davomida ikki barobarga qimmatlaşgan.
Uy-joy va uning ijarasi narxi oşib borişiga xorijiy fuqarolarining Özbekistonda uy-joy sotib oliş tartibi soddalaştirilgani ham sabab bölişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 360
