Tadbirkorlarni SSPga majburiy a'zo qilish taklif etilmoqda
Lazeykaşunoslardan xalqqa qarşi navbatdagi qadam
Savdo-sanoat palatasi nomli qoğozda nodavlat, lekin amalda davlat funksiyalarini bajaruvçi hamda maʼlum toifa tadbirkorlarni öz xohiş-istaklariga qarşi MAJBURIY aʼzo qiluvçi taşkilot «Savdo-sanoat palatasi töğrisida»gi qonunga özgariş kiritiş töğrisidagi loyihani muhokamaga qöyibdi.
https://regulation.gov.uz/ru/document/12397
Xususan, uning 17-moddasidagi «xususiy tadbirkorlar uçun aʼzolik ixtiyoriy» degan bandni çiqarib taşlaşni taklif qilişmoqda, yaʼni xususiy tadbirkorlarni ham özlariga majburan aʼzo qiliş istagida.
Buni quyidagiça izohlaşibdi:
«ÖzR Savdo-sanoat palatasi töğrisi-da”gi qonun (yangi tahriri) qabul qilinganidan keyin Palata aʼzoligiga yirik korxonalarni jalb qiliş bilan boğliq muammolar yuzaga keldi. 827 tadan ortiq murojaatlar kelib tuşdi, ularda yirik korxonalar ham xususiy tadbirkorlik subyektlari ekanligini rökaç qilib, majburiy aʼzolik şartnomasini tuzişdan boş tortganliklari bildirilgan.
Bu muammoning amaliyotda kelib çiqişiga “xususiy tadbirkorlik” tuşunçasiga qonunçilikda aniq tuşunça berilmaganligi hamda amaldagi qonunçilikdagi tadbirkorlik subyektlarining turlari tasnifida tadbirkorlik bunday turi körsatilmaganligi sabab bölgan.
Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida"gi Qonunning 5-moddasiga köra, kiçik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
2) mikrofirmalar;
3) kiçik korxonalar.
Taklif etilayotgan tahrirda faqatgina qonunda belgilangan mezonlarga javob beradigan kiçik biznes subyektlari Palataga ixtiyoriy ravişda aʼzo bölişadi, qolganlar uçun esa majburiy aʼzolik joriy etiladi».
Bu nima degani? Ularning vaj-karsonini xalq tiliga tarjima qilib tuşuntiraman:
«Biz bu qonunni işlab çiqib, qabul qilayotganimizda boşqa qonunlarni yaxşi örganmagan ekanmiz, şu sababli qonunimizda köplab kamçilik va tuşunmovçiliklar qolib ketibdi. Xalq, yaʼni xususiy tadbirkorlar esa mana şu xatolarimizdan öz manfaati uçun unumli foydalanmoqda. Boşqaça aytganda bizning çala işlab çiqqan qonunimiz xalqqa foydali bölib qolyapti. Şu sababli biz uşbu lazeykani tezda yopişimiz va xalqni yanada oğirroq ahvolga soladigan qilib özgartirişimiz kerak. Toki xususiy tadbirkorlar ortiqça bahona qila olmasin va özlari peşona teri bilan işlab topgan pullarini bizga majburan qurtday qilib sanab topşirsin.
Gapning pöst kallasini aytganda, uşbu qonun loyihasi bilan tadbirkorning şaxsiy pullarini majburiy aʼzolik uçun tortib olişdagi muammolarimizni hal qilmoqçimiz».
Mana şunaqa gaplar.
Psevdonodavlat taşkilotlarga majburiy aʼzolik Konstitutsiyaga zidligi haqida kerakli joyda, kerakli insonga savolimni berib bölganman, körgandirsiz. Bu haqda kanalimda bir neça marta yozganman ham. Bu soliqning bir turi. Yaʼni tadbirkor va fermerlarga qaysidir taşkilotga MAJBURLAB aʼzo qiliş ortidan, ularning pullarini tortib oliş ham aslida ularga soliq solişdir. Ammo hali beri bu qoida özgarmasa kerak, mana, hattoki yanada oğirlaştirişmoqçi.
Savdo-sanoat palatasidagilarning vijdoni bölsa, bittagina savolimga javob berişsin, iltimos:
Dunyoda 200 dan ortiq davlatlar bor, ularning deyarli barçasida tadbirkorlar uyuşmalari bor. Mana şu 200 dan ortiq davlatlarning neçtasida tadbirkorlar majburlab Savdo-sanoat palatasiga aʼzo qilinadi? Sonini ayta olasizlarmi? Uçtami, beştami, öntami, elliktami, yuztami, neçta davlatda şunaqa tajriba bor? Yaʼni Özbekiston butun dunyoda keng tarqalgan amaliyotni qölladimi yoki 2-3 ta davlat qilib körgan yöldan yurdimi?
Nima uçun doim biz xalqdan olişga kelganda kamçilik davlatlar qilgan islohotlarni özlaştiramizu, xalqqa berişga kelganda butun dunyo qilayotgan islohotlarni qöllamaymiz?
Savdo-sanoat palatasidan savolimga javob kutib qolaman.
P.S.: aytgança, qonun loyihasi muhokamasi 28-yanvarga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈

