Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

SSPga majburiy aʼzolik va badallar muhokamasi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

Özini oqlamagan «oqlov»

Savdo-sanoat palatasi muhokamalar markazida turgan qonun loyihasi böyiça munosabat bildiribdi.
http://www.chamber.uz/uzk/news/5576

Munosabatning asosiy ikkita muhim jihati bor.

1️⃣ Birinçidan, qonunga taklif etilayotgan özgartirişdan asosiy maqsad, keça biz aytgan holatlar bilan bir xil bölib çiqdi. Buni özlari ham tan olişibdi va qöşimçasiga aniq raqamlar ham keltirişgan (buning uçun alohida rahmat).

Yaʼni lönda qilib aytganda, vaziyat quyidagiça:

• 2018-yildagi Qonun böyiça yirik tadbirkorlar özlari istasa-istamasa Palataga majburiy aʼzo qilib kelinmoqda;

• Özbekistonda bugungi kunda 2313 ta yirik tadbirkorlik subyekti bor ekan. SSPga esa ularning 218 tasi majburan aʼzo qilinibdi. Yirik tadbirkorlik subyektlarining qolgan 2095 tasi xususiy tadbirkor bölgani uçun palataga majburiy aʼzo bölişdan boş tortibdi;

• SSP taklif etayotgan loyihaning mazmuni şundaki, hozirgi qonundagi lazeyka (böşliq)dan foydalanib majburiy aʼzo bölişdan boş tortayotgan öşa 2095 ta xususiy (yirik) tadbirkorni ham özlariga bir amallab majburlab aʼzo qilib olişmoqçi;

• agar raqamlarga qarasak, SSPga 20 ming 321 ta xöjalik yurituvçi subyekt aʼzo ekanu, lekin 2019-yilda ularning atigi 4 ming 575 tasi aʼzolik badalini tölabdi. Demak, salkam 16 ming aʼzo badal tölamagan. Bunday holatda SSPga majburan aʼzolik badali tölab turadiganlar qança köp bölsa, şunça yaxşi. Doimiy pul tuşib turadi, ortiqça ğam bölmaydi, tadbirkorlarning orqasidan yalinib yuriş şartmas yoki ularning işonçini qozoniş uçun ortiqça harakat ham talab etilmaydi. Majburmi, tamom, tölaydi. Tölamasa, sud orqali undirib olinadi;

• SSPga majburiy aʼzolik badali yiliga örtaça 25 mln söm ekan. Agar ular bir amallab hozir taklif qilayotgan qonunni ötkazib olişsa, unda SSPga majburan badal tölaydigan yana 2095 ta “mijoz” paydo böladi. Bu esa yiliga taxminan 52 mlrd söm kelib tuşadi degani. Kim ham osmondan tuşadigan bunday oson boylikni xohlamaydi deysiz?

❗️Eʼtibor bering, Palataning 78% aʼzosi 2019-yilda badal tölamabdi. Nima uçun? Balki palata yaxşi işlamayotgani, ularning işonçini oqlamayotgani uçundir? Yaʼni 16 ming tadbirkorlarimiz SSP badal tölaşga arzigulik iş qilmadi, deb hisoblagandir? Yoki şundoq ham tadbirkorlarimiz kam daromad topayotgan, şundoq ham biznesi gullab ketmayotgani uçun, ularga aʼzolik badali oğirlik qilayotgandir? Har ikkala variantda ham majburiy aʼzolik naqadar notöğri qadam ekanligini tuşuniş qiyin emas.

2️⃣ Ikkinçidan, SSP qisman yoki töliq majburiy aʼzolik joriy etilgan davlatlar nomini sanabdi. Ularning röyxatida 11 ta davlat nomi sanalgan. Butun dunyoda yaxlitlab 200 ta davlat bor deb hisoblasak, şularning atigi 11 tasida majburiy aʼzolik bor, qolgan 189 tasida aʼzolik ixtiyoriy ekan.

Endi insof bilan aytingçi, iqtisodiyotimiz şundoq ham yomon ahvolda bölib turgan bir şaroitda 11 ta rivojlangan davlatdagi qoidani rökaç qilib, tadbirkorlarimizga bunday majburiy “soliq” soliş adolatdanmi? Yaponiya, Singapur, Germaniya kabi davlatlarning iqtisodiyoti qayoqdayu, bizniki qayoqda?

Juda rivojlangan davlatlardagi odatlarni köçirgingiz kelayotgan ekan, unda eng avvalo öşa 11 davlatda tadbirkorlarga yaratilgan şaroitni ham qilib beringlar. Ana undan keyin ularning pulini majburlab biror joyga yönaltirsangiz, sal-pal tuşunsa böladi.

Hududlarda tadbirkorlik uçun oddiy elektr energiyasi va gaz yetarli taʼminlab berilmayotgan bir paytda, qanaqa qilib tadbirkorlarni nodavlat taşkilotga badal puli tölaşga majburlaş mumkin, aqlimga siğmaydi, rosti.

Xullas, şunaqa gaplar. Gapirsa gap köp, umr oz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek