Xususiy tadbirkorlarni SSPga majburiy aʼzo qiliş taklifi

Matn15-yanvar, 2020, 11:381 daqiqa0 koʻrish

Köpçilik yuqoridagi postni öqib, Savdo-sanoat palatasiga endi majburiy aʼzolikni joriy qilişmoqçi ekan, deb tuşunişibdi. Yöq, unday emas.

Savdo-sanoat palatasiga allaqaçon, aniqroği 2018-yildagi qonun bilan majburiy aʼzolik joriy etib bölingan. 2 yildan buyon yirik tadbirkorlar istasa-itamasa, foydasi tegsa-tegmasa SSP uçun majburan aʼzolik badali tölab yurişibdi.

Unda hozir taklif etilayotgan özgariş nima?

Gap şundaki, şu kungaça palataga faqat yirik tadbirkorlar majburiy aʼzo qilinardi, xususiy tadbirkorlar uçun aʼzo böliş ixtiyoriy edi. Endi esa majburiy aʼzo qilinadigan tadbirkorlik subyektlari safini yanada kengaytirib, xususiy tadbirkorlarni ham majburan aʼzo qilişmoqçi.

Bor gap şu. Yana qaytaraman: men bunga tiş-tirnoğim bilan qarşiman va buni tadbirkorlarning erkinligiga, xususiy mulk daxlsizligiga qonun yöli bilan daxl qiliş, deb hisoblayman. Savdo-sanoat palatasi şunaqa zör va kerakli taşkilot bölsa, avval özini körsatsin, keyin tadbirkorlar özlari jon deb unga ixtiyoriy aʼzo bölişsin. Ammo heç kim ularni MAJBURLAMASIN!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek