Savdo-sanoat palatasiga majburiy aʼzolik muhokamasi

Matn16-iyun, 2018, 18:273 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Yaqinda barça tadbirkorlar uçun Savdo-sanoat palatasiga aʼzo böliş majburiy bölar ekan, degan xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokama qilindi. Çunki parlament quyi palatasi deputatlari “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Muhokamalarda aybsiz aybdor, tabiiyki, deputatlar böldi.

Prezidentning bir yil muqaddam, yaʼni 2017-yil 19-iyundagi farmoniga köra, Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi maqomi, faoliyat yönalişi va kölami, mulkçilik şakllaridan qatʼi nazar, barça tadbirkorlik subyektlarini birlaştiruvçi nodavlat notijorat taşkilot hisoblanadi. Ilgari esa (amaldagi) qonunçilikda “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ixtiyoriylik asosida birlaştiruvçi nodavlat notijorat taşkilotidir”, deb belgilab qöyilgan.

Öşa farmonda davlat rahbari hukumatga ikki oy içida yangi tahrirdagi “Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini işlab çiqiş talabini qöyadi. Qonun loyihasi işlab çiqiladi va BIR YIL avval Savdo-sanoat palatasining forumida eʼlon qilinadi. Aniği şuki, qonun loyihasi deputatlar tomonidan işlab çiqilmagan.

Qonun ijodkorlari Palataga aʼzolikni quyidagi omillar bilan asoslaşga urinib körgan. Masalan, palata asosan aʼzolik badallari hisobiga kun köradi. Tabiiyki, aʼzo bölmaganlarning huquqlarini sudlarda himoya qiliş palata aʼzolarining haqli eʼtiroziga sabab böladi.

Majburiy aʼzolik esa, avvalambor, olis qişloqlargaça bölgan tadbirkorlarni qamrab olişga, öz navbatida, “aholining faol qatlami bölmiş tadbirkorlar va mamlakat rahbariyati örtasida vertikal qayta aloqa örnatişga” imkon beradi.

Bugun, ayniqsa, olis qişloqlarda, kiçik şaharlarda iş boşlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kiçik biznes korxonalari huquqiy, buxgalteriya, axborot va marketing serivisga ehtiyoj sezayapti. Majburiy aʼzolik esa barça tumanlar va viloyatlar markazlarida ana şunday markazlar oçiş imkonini beradi.

Majburiy aʼzolik tağin palataga davlat vakolat va funksiyalarini bajarişda qöl keladi. Deylik, professional-texnik taʼlim, qonun hujjatlarini ekspertiza qiliş va boşqalar şular sirasiga kiradi. Olmoniya va Avstriyada şunaqa tajriba bor ekan. (Bu gaplar qonun loyihasiga izohda keltirib ötilgan — Davletovuz)

Xullas, barça savollar deputatlarga emas, balki köproq hukumat va Savdo-sanoat palatasiga berilişi kerak. Çunki qonunçilik taşabbuskorlari deputatlarning oldiga keladi-da ularga şivirlab, taxminan şunday deydi: “karoçe, qonun loyihasi KATTA bilan kelişilgan, öşa farmon asosida işlab çiqilgan, sentabrdan kuçga kirişi kerak”. (Ular uçun muhimi qonunning qabul qilinişi — barça vositalar özini oqlaydi) Bu eski qaraşdagi deputatlarning nazarida “siyosatga qarşi çiqmanglar” degandek yangraydi. Deputatlar (ularning ayrimlari sobiq yoki de-fakto tadbirkor) ham söraydi, albatta: tadbirkorlar norozi bölmaydimi? “Bir yildan beri forumda muhokama qildik, ularga maʼqul”, degan javobni olişadi.

Bizdagi maʼlumotlarga köra, qonun loyihasi keskin tortişuvlarga, oğizdan köpiklar saçraş darajasidagi mubohasalarga boy bölgan. Qonun loyihasiga qarşi bölgan deputatlar ançagina bölgan, lekin ovoz berişda qonunni qaytarişga yetarli bölmagan. “Ölib ketişsin, qarşi ovoz berib, siyosatga qarşi bölib qolmay” deganlari köpçilikni taşkil qilgan bölsa, ajab emas. Keyin yuqoridagi asoslarga işonganlar ham ozmi-köpmi bölişi aniq.

Nafsilamrini aytganda, mazkur qonun kuçga kirişi uçun hali Senat maʼqullaşi, Prezident imzolaşi kerak. Tadbirkorlar haqiqatan ham şu qonunni maʼqul deb bilişmasa, ayyuhannos solişda davom etişlari va tizimli ayyuhannos solişlari kerak. Çunki ğalabaning katta-kiçigi bölmaydi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek