Gruziya parlamenti ustidan jamoatçilik nazorati tajribasi

Matn16-iyun, 2018, 14:592 daqiqa0 koʻrish

​​14-iyun kuni Akmal Saidov rahbarligidagi Inson huquqlari milliy markazi taşkil qilgan davra suhbatida iştirok etdim.

Unda turli davlat va nodavlat taşkilotlari vakillari bilan birgalikda xorijlik ekspertlar ham qatnaşdi hamda maʼruza qildi.

Menga eng yoqqani Gruziyadagi “Transparency International” (“Xalqaro şaffoflik”) taşkiloti eksperti Lika Sadjayaning taqdimoti böldi.

U Gruziya parlamentining şaffofligida jamoatçilik nazoratining örni haqida sözlab berdi.

Sadjaya Parlament aʼzolari bilan boğliq bir neçta statistikalarni keltirib ötdi.
Masalan, Gruziyada keng jamoatçilik deputatlarning salkam har bir qadamini nazorat qilar ekan. Parlament yiğilişlari batafsil yoritiladi, töliq videotasvirlari xalqqa namoyiş etiladi.

Jamoatçilik tomonidan deputatlarning qonunçilik muhokamasidagi iştiroki böyiça maxsus reyting tuzilarkan. Qaysi deputat neçta taklif berdi, undan neçtasi ötdi - aniq raqamlarda aks etadi. Qaysi deputat qaysi qonunlarni işlab çiqişda bevosita iştirok etdi, qay darajada? Hattoki mutlaqo “soqov” va birorta muhokamada qatnaşmagan, bittayam jöyali taklif aytmagan deputatlarning “qora röyxati” tuzilarkan. Lika öz taqdimotida öşa deputatlarning röyxatini ham körsatdi - 20 ga yaqin deputatlarning ism-şarifi örin olgan ekan.

Bundan taşqari deputatlarning tadbirkorlik faoliyatiga oid aloqalari ham qatʼiy jamoatçilik nazoratida bölarkan. Turli bizneslarga bevosita aloqador deputatlarning röyxati tuzib çiqilgan va bir neçtasiga tegişli çoralar ham körilgan.

Şuningdek, parlament aʼzolarining korrupsiya bilan boğliq holatlari va yana şu kabi qiziq faktlarni, köp ijobiy tajribalarni aytib ötdi Sadjaya xonim.

U gapiryaptiyu, xayolimdan faqat bitta fikr ötmoqda: qaçon bizda ham parlament ustidan şunaqa jamoatçilik nazoratini olib borişga ötilarkin-a? Qiziq, agar olib borilsa, deputatlarning heç bölmasa yarmi munosib çiqarmikin öz lavozimiga? Kim bilsin tağin.

Lekin hurmatga loyiq va haqiqiy jonkuyar deputatlar ham bor, ularni unutmaslik kerak. Yaxşiyam ular bor, qonun çiqaruvçi hokimiyatning obrösini meyorda uşlab turişibdi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek