Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish loyihasi nega yashirilmoqda

Matn23-dekabr, 2020, 15:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köp emas, ozgina uyalinglar

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Şuhrat Polvonov Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlar haqida munosabat bildiribdi. Unda aytilişiça, bu jarayon jamoatçilikdan sir tutilmagan ekan.

Jumladan, 24-iyuldagi Prezident farmonida "Oliy sud tomonidan umumyurisdiksiya sudlari taşkil etişga oid qonun loyihasi işlab çiqilgani maʼlumot uçun qabul qilinsin" degan jumla bilan jamoatçilik xabardor qilingan emiş. Farmonda «Konstitutsiya» degan söz bir marta ham işlatilmagan bölsa-da, jamoatçilik özi tuşunib olişi kerak bölgan ekan. Fuqarolar qonun loyihasining töliq matnini balki tuşida körib çiqişi kerak bölgandir?

Vaholanki, Oliy sud tomonidan sud tizimini institutsional özgartirişga oid qonun loyihalari faqat noyabr oyiga kelibgina maxsus portal orqali jamoatçilikka eʼlon qilindi. Şunda ham Konstitutsiyaga özgariş kiritiş haqida qonun loyihasi bu röyxatda yöq.

Garçi deputatimiz öz munosabatida odil sudlov masalasi keng muhokama qilingani haqida bir neçta raqamlar (davra suhbatlari, uçraşuvlar, işçi guruhlar va h.k.) keltirgan bölsa-da, lekin asosiy savol baribir oçiq qolaveradi:

❓Nima uçun Konstitutsiyaga özgariş kiritiş haqidagi qonun loyihasi nima uçun haligaça, ha, yana qaytaraman, HALIGAÇA jamoatçilikka eʼlon qilinmadi?

Yoki eʼlon qilingan bölsa, qaysi oçiq manbadaligini aytinglar, böldi, ortiqça gapga hojat yöq. «Mana, falon saytda, falon gazetada yoki qonun loyihalari uçun oçilgan maxsus portalda falon payti qonun loyihasini eʼlon qilganmiz, körmagan bölsangiz bizni aybimiz emas» deb şartta aniq dalillari bilan körsatsangiz, heç bir şubhaga asos qolmaydi, eʼtirozlar ham öz-özidan töxtaydi.

Yöqsa, birorta joyda Konstitutsiya sözi işlatilmagan va Boş Qomusga özgariş kiritilayotgani haqida lom-mim deyilmagan xabarlarni körsatib (1, 2, 3, 4, 5), «jurnalist yoki bloger biron bir materialni tayyorlaşdan avval uni yaxşilab örganişi kerak emasmi?» deb savol qöymanglar. Bunaqa savol berişga ozgina uyalinglar. Köp emas, ozgina uyalinglar, yetadi şu.

Xullas, Konstitutsiyaga kiritiladigan özgarişlarni özida aks ettirgan qonun loyihasi qaçon jamoatçilikka oçiq eʼlon qilinadi? Eʼlon qilasizlarmi özi? Yoki jurnalist va blogerlarni tuşunmaganlikda ayblab maqolalar çiqarib, şu bilan masalani yopib ketmoqçimisizlar?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek