Özbekistonda vaksinani birinçi bölib kimlar olişi maʼlum böldi
Özbekistonda vaksinani birinçi bölib keksalar, şifokorlar, öqituvçilar, tarbiyaçilar oladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati boşliğining örinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Atabekovning maʼlum qilişiça, Özbekiston Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina sörab murojaat qilgan. Özbekiston arizasi qabul qilingan.
Modomiki qaysidir vaksina Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan tasdiqlansa, u Özbekistonga olib kelingaç, birinçi galda 65 yoşdan yuqori bölgan şaxslar, tibbiyot xodimlari, öqituvçilar, boğçalar tarbiyaçilari emlanadi.
Avvalroq Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev Rossiyaga boradigan özbekistonlik mehnat migrantlari "Sputnik V" vaksinasi bilan emlanişi, bu maqsad uçun Özbekiston hukumati 1 mln doza vaksinaga buyurtma berganini aytgandi.
👉 @xushnudbek 👈


