Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Koronavirusga qarşi buster doza bilan emlaş tartibi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Koronavirusga qarşi buster (qöşimça) doza bilan ixtiyoriy emlaş amalga oşiriladi

Aholi örtasida koronavirus infeksiyasiga qarşi immunitetni oşiriş maqsadida 2021-yil 17-noyabr kunidan boşlab töliq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanişi mumkin. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

❓Xöş, buster doza nima?

✅ Buster doza — töliq emlangan fuqarolarning kasallikka qarşi immunitetini mustahkamlaş maqsadida yana qaytadan oladigan vaksina dozalaridir.

❓U bilan emlaş qanday amalga oşiriladi?

✅ Buster doza bilan töliq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt ötgan aholi vakillari emlanişi mumkin.

❓Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir xil bölişi kerakmi?

✅ Emlaş punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda oliş mumkin.

❓Uni qayerdan oliş mumkin?

✅ Buster doza olmoqçi bölgan fuqarolar respublikaning barça davolaş-profilaktika muassasalarining emlaş punktlarida emlanişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 25
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek