Zapravkalardagi navbatlar va gaz muammosi haqida şeʼr

Video21-noyabr, 2021, 16:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzМетан заправкадаги метин иродалар Фарғонадан Тошкентга қайтар эканмиз, йўл-йўлакай газ “заправкаларда” километрлаб навбатларни кўрдик. Одамлар тунни тонгга ула…

Özgargan şeʼr

Yuqoridagi postni 2021-yil 11-yanvar kuni yozgan ekanman.

Mana bu video esa şu kunlarda olingani aytilmoqda.

Hamid Olimjonning şeʼrini sal özgartiriş kerak, menimça:

Navbat gullaganda

Zapravkalar oldida töp-töp,
Odam navbat kutib tunadi…

Har qişda şu bölar takror,
Har qişimiz şunday ötadi.
Qança tirişsak ham u beor,
Masʼullar bizni aldab ketadi.

Mayli, deymiz va qilmaymiz ğaş,
Xayolimiz gulga öraymiz.
Har qişlarga çiqqanda yakkaş,
Gazimiz bormi, deya söraymiz.

Yuzlarimiz silab, siypalab,
Gazing bor, deb esadi yellar.
Qalbimizni tirnab, timdalab,
Gazing bor, deb quşlar çiyillar.

Hamma narsa bizga qarşidek,
Har taşkilot menga söylar roz.
Men qöyganda TVlar tölar,
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

“Mana senga olam-olam gaz,
Gaz balonga siqqaniça ol.
Bunda tole har narsadan möl,
To ölgunça şu ölkada qol.

Umrida heç gaz körmay, yiğlab,
Ötganlarning haqqi ham senda,
Har qişlarni yiğlab, qarşilab
Ketganlarning haqqi ham senda…”

Zapravkalar oldida töp-töp,
Odam navbat kutib tunadi…

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 4
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek