Yodju texnika instituti 100 nafar talabaga grant ajratdi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti 2021-2022 öquv yili uçun 100ga yaqin iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabaga taʼlim granti ajratdi
Har yili Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti yoşlarni öz ustida muntazam işlaşga undaş, bilimli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida taʼlim granti ajratadi. Taʼlim granti kvotasi ham yildan yilga oşib boradi. Masalan, ötgan yili 35 nafar iqtidorli talaba grant sohibi bölgan bölsa, bu yil ularning soni 100 taga yetdi. Kuni keça saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan talabalarga tantanali ravişda sertifikatlar taqdim etildi.
Ğoliblar institutning muhandislik, biznes va moliya, sanʼat, tibbiyot hamda taʼlim maktablari tarkibiga kiruvçi yönalişlarning 2-, 3-, 4-kurs talabalari hisoblanadi.
- 👍 1






