Metan zapravkalardagi navbatlar va energetika muammolari

Matn21-noyabr, 2021, 16:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Xushnudbek.uz

Metan zapravkadagi metin irodalar

Farğonadan Toşkentga qaytar ekanmiz, yöl-yölakay gaz “zapravkalarda” kilometrlab navbatlarni kördik. Odamlar tunni tongga ulab, navbatlarda turişibdi, tezroq “zapravka”lar oçilişini kutişyapti.

Soat tungi 12 da ham, 2 da ham, 4 da ham navbatda turişibdi. Aniqroği şu yerda yotib qolişmoqda.

Ayrimlarining yoqilğisi butunlay tugagan, maşinasi öt olmaydi. Demakki, isitgiçi ham işlamaydi va qahraton sovuqda maşina içida tunaşga majbur. Maşinalar usti muzlab qolgan, içi ham taxminan şunaqa muzxona.

Bunday manzaralarni kuzatiş azob. Xeh, azobmiş... Gapniyam olamanda. Azob nimaligini men qayerdan ham bilardim, issiqqina maşina içida ularning oldidan ötib ketdim xolos. Azob nimaligini ulardan söraş kerak. Sabr nimaligini ulardan eşitiş kerak. Maşaqqat nimaligini ular sözlab bersin.

Azobmiş...

Energetika sohasiga masʼullarning barçasini yiğib, köp emas, atigi bir keçani öşa insonlar bilan muzxonaga aylangan maşina içida navbat kutişga majburlaş kerak. Köp emas, atigi bir keçagina.

Şunda zora tuşunişarmidi.

Yöq, özimning fikrimga özim qarşi çiqaman: baribir tuşunişmasa kerak.

Sizga sabr tilayman, tunda navbatda turgan yurtdoşim. Haqqingizga duo qilişdan boşqa nima ham qila olardim.

P.S.: şu sözlarni yozar ekanman Namanganda 68 yoşli otaxon gaz “zapravka”da navbatda turib, muzlab qolgan maşinasini itaraman deb, yiqilib tuşib ölgani haqidagi xabarni öqidim.

Azob, azob, azob...

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 4
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek