Gaz quyiş şohobçalaridagi navbatlar va tizim muammolari

Matn3-dekabr, 2019, 12:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Kör hassasini har yili yöqotadi

Yil oxirlaşi bilan avtomobillarga gaz quyiş şohobçalarida turnaqator navbatlar paydo böladi. “Turnaqator” degan söz juda yumşoq eşitilyapti, “dahşatli navbatlar” desak sal töğriroq bölardi.

Örtaça 1-2 soatda navbat keladi, ayrim joylarda 5-6 soat yoki undan ham köproqqa çözilişini hammamiz bilamiz.

Hududlarda aholiga isteʼmol gazi yetkazib beriş masalasi qay darajada açinarli ekanligi haqidaku, gapirmasa ham böladi, buni ham hamma biladi.

Eng muhim joyi ham aslida şu – bularni hammamiz bilamiz. Oddiy xalq ham, tepadagilar ham. Bu kutilmagan fors-major holat emas. Dekabrda şunaqa holat bölişi oldindan barçaga maʼlum, har yili bu takror va takror bölaveradi.

Ammo buni bartaraf etiş uçun ziğirça iş qilinganini bilmaymiz. Nahotki şu sohaning tepasida şunaqa muammolarni hal qilişga aqli yetadigan salohiyatli mutaxassislar yöq? Yoki ular ham katta manfaatlar öyini oldida ojizmikin...

Bu ijtimoiy soha bölsa ham mayli edi, “pul yöq, foyda yöq, oyliklar past” deb bahona qilsak. Axir neft-gaz sohasi millionlab dollar daromad oladigan “yoğli” sohalardan biriku. Balki eng “yoğli”sidir, kim bilsin. Uzoq yillar davomida ayrimlar faqat “xalqum, xalqum” deyavermasdan, ozgina “xalqim” deb harakat qilganida, balki bugun bunaqa muammolar bölmasmidi...

Tasavvur qiling, har kuni minglab kuç-quvvatga tölgan fuqarolarimiz (deyarli barçasi erkaklar) umrining maʼlum bir qismini şunçaki navbatlarda turib ötkazib yubormoqda. Ular mana şu bir neça soat içida aslida foydali iş bilan şuğullanişi, oilasini boqişi uçun pul topişi, davlatga soliq tölaydigan daromad olişi va alal-xusus jamiyat rivojiga hissa qöşişi mumkin edi.

Ammo ular kilometrlarga çözilgan navbatlarda şunçaki vaqtini öldirişmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga qay darajada dahşatli zarar olib kelişini nahotki bilişmasa?! Baloday bilişadi, bilganda qandoq...

Özi şundoq ham inson resurslari yetmayotgan bir paytda minglab alp yigitlarni navbatga turğizib qöyadigan tizim yaratuvçilarida zarraça vijdon bormikin?

Biz qanaqa körmiz özi, har yili hassamizni yöqotaveramizmi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek