IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar va tanqid

Matn2-dekabr, 2019, 10:503 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Xöjakörsin

Keça, 1-dekabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi IMEI-kodlar haqida bayonot berdi.

«Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini röyxatdan ötkaziş masalasi, OAVlarda keng yoritib borilmoqda. Şunday bölsada, har bir fuqaro uçun muhim bölgan uşbu tizim haqida köplab savollar yuzaga kelmoqda. Şuni eʼtiborga olib IMEI-kod (haqida) eng köp berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritamiz», - deyiladi vazirlik axborotida.

Lekin axborotni öqisangiz, heç ham dolzarb savollarga javob berilmagan. Balki şundoq ham hamma biladigan maʼlumotlar, yaʼni IMEI-kod nima, uni qanday aniqlaş mumkin, röyxatdan ötkaziş uçun qayerga murojaat qiliş kerak, qança tölov tölaşi kerak va h.k.

Ammo mening postimdagi va boşqalar bergan asosiy savollarga javob berilmagan. Boşqaça aytganda bu axborot şunçaki xöjakörsinga eʼlon qilingan. Sababi AOKA davlat taşkilotlari tomonidan barça tanqidiy maqolalarga munosabat bildiriş kerakligini nazorat qilmoqda. Vazirlik esa IMEI-kodlar haqidagi tanqidiy postlarni mana şu xabar bilan yopmoqçi şekilli. “Javob berdimmi, berdim” degan prinsip.

Ammo bunaqa axborotlar xalqning ustidan kulişdan boşqa narsa emas. Nega deysizmi? Sababi vazirlik saytida “IMEI” deb qidiruvga berib kördim. Çiqqan javoblardan şuni bildimki, vazirlik şu paytgaça biror marta, ha, ha, biror marta IMEI-kodlarini qanday röyxatdan ötkaziş mumkinligi haqida tuşuntiriş bermagan ekan. Ilk marta bunday axborotni keça, yaʼni 1-dekabrda beribdi. Ungaça berilgan xabarlarda şunçaki yangi tizim maqsadi va matbuot anjumanlari haqida maʼlumot bor xolos.

Endi özingiz aytingçi, 8 oy davomida röyxatdan ötkaziş bepul bölganda axborot bermasdan, aynan pulli bölgan kuni vazirlikning bu haqida maʼlumot berişi xalqning ustidan kuliş emasmi? Nima, ular atayin pulli böliş kunini kutişdimi? Ajoyib, juda ajoyib!

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan iltimos qilmoqçi edimki, ayni şu masalada vazirlik va boşqa masʼul mansabdorlar matbuot anjumani ötkazişsin. Masala juda dolzarb va bizning köplab savollarimiz bor. Keçagiga öxşagan xöjakörsin axborotlar bizni qanoatlantirmaydi. Imkoni bölsa, şaxsan vazirning özi qatnaşsin. Axir bu millionlab fuqarolarga bevosita daxl qiluvçi qarorku. Vazir millionlab fuqarolar uçun vaqt ajratmasa, nima qilib vazir bölib ötiribdi?

Kalavaning uçi

Vazirlik saytidagi qidiruvlarim paytida qiziq bir xabarga közim tuşdi. 2017-yilda eʼlon qilingan uşbu axborotda aynan IMEI-kodlarni röyxatdan ötkaziş rejalaştirilayotgani va bundan közlangan maqsadlardan biri «mahalliy mobil qurilma işlab çiqaruvçilarini qöllab-quvvatlaşga, mahsulot işlab çiqariş kölami va sifatini oşirişga zamin yaratiş» ekanligi yozilgan ekan. Özbekistonda mahalliy telefon işlab çiqaruvçi kompaniya, bu – ARTEL!

Ahaaa, demak, bu yangilikni joriy etişdan maqsadlardan biri Artel kompaniyasini qöllab-quvvatlaş bölgan ekanda? Demak, Artel telefonlari köproq sotilişi uçun xalqqa 50 ming sömdan 100 ming sömgaça “soliq” solingan ekanda?

Ammo eng qiziği 2019-yilga kelib bu haqida birorta rasmiy manbada «mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş» maqsadi haqida yozilmayapti. Faqat noqonuniy savdo, jinoyatçilikka qarşi kuraş, yöqolgan telefonning topilişini aytişmoqda xolos. Çunki xalqning onggi 2017-yildagidan ança oşdi, endi ular bunday bayonotlardan faqat junbuşga kelmoqda. Lekin kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi.

Maylida, har kimga Xudo insof bersin. Boşqaçasiga yeçim yöq, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek