Ön ming qadam loyihasi nima uçun töxtab qoldi

Video4-aprel, 2022, 19:317 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

1hls.uz — «Ön ming qadam» loyihasi nima böldi?

Şu kunlarda bu haqda juda köp savol berilayotgani uçun uşbu video orqali batafsilroq tuşuntiriş bermoqçiman.

Xabaringiz bölsa kerak, 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Prezident farmoni asosida bir sutka davomida ön ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming söm pul beriş töxtatildi. Buning örniga har hafta 100 mln söm va mingta velosiped beriş yölga qöyiladigan böldi.

Birlamçi rejaga köra, uşbu yangi tizim sinov tariqasida 15-martdan, töliqligiça 1-apreldan işga tuşişi kerak edi. Buning uçun barça kerakli harakatlar qilinayotgan edi.

Ammo 18-fevral kuni Turizm va sport vazirligi 2 ga ajraldi. Yangi Sportni rivojlantiriş vazirligi tuzildi. Şu bilan «Ön ming qadam» loyihasi ham maʼlum muddatga töxtab qoldi. Natijada 1-aprelda yangi rağbatlantiriş tizimi işga tuşmadi.

Qaçon işga tuşişi hozirça menga nomaʼlum. Hozir buning ustida Sportni rivojlantiriş vazirligi iş olib bormoqda. Tezroq taşkiliy masalalar hal qilinadi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1736
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek