Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi sifatida qayta taşkil etildi. Bu haqda hozir bölib ötayotgan Prezident rahbarligidagi videoselektorda maʼlum qilingan.
Unga rahbarlik qiliş Prezident maslahatçisi Tursinxon Aydaroviç Xudaybergenovga yuklatildi.
“Nuroniy” jamğarmasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinçi örinbosari böldi.
Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi.
Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim örinbosari lavozimi qisqartiriladi.
Şuningdek, Prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi şahar va tumandan mahallaga tuşadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yeçimiga yordam beradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👎 440


