Özbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tuzildi
Özbekistonda yana bir yangi davlat taşkiloti tuzildi
Garçi keça masʼullar kanalimizda çiqqan xabarni rad qilişgan bölsa-da, lekin bugunga kelib Özbekistonda yangi davlat taşkiloti tuzilgani maʼlum böldi. Töğri, faqat bu vazirlik emas, qömita bölar ekan (Ali Xöja, Xöja Ali).
Yangi tuzilgan Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi 2020-yil tugatilgan Xotin-qizlar qömitasining izdoşi böladi, deyiş mumkin. Faqat asosiy farqi avvalgi qömita nodavlat notijorat taşkiloti edi, hozirgisi esa davlat taşkiloti böladi.
Yangi tuzilgan qömitaning raisi xuddi avvalgi davrlardagidek bir paytning özida Boş vazir örinbosari lavozimini ham egallaydi.
Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, birozdan söng Şavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yangi bosqiçga kötariş yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlanadi. Katta ehtimol bilan uşbu videoselektorda yangi qömita raisligiga tayinlangan yangi Boş vazir örinbosari Zulayho Mahkamova taniştiriladi hamda yangi qömitaning asosiy vazifalari belgilab beriladi.
Yangi qömita nomida «oila» sözi ham bor. Şundan kelib çiqilsa, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi endi nima böladi, yoki bitta masala böyiça 2 ta davlat taşkiloti şuğullanadimi, degan savollarga hozirça javob yöq.
Xullas, özbekistonlik soliq tölovçilarga yana bir yangi davlat taşkiloti muborak bölsin!
👉 @xushnudbek 👈
- 👎 1520



