Özbekistonda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi
⚡️Yangi vazirlik taşkil etildi. Xotin-qizlar qömitasi va Mahalla kengaşi tugatildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bugun imzolangan Farmon asosida Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi.
Şuningdek, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi rahbar organlarining uşbu taşkilotlarni tugatiş haqidagi qarorlari ham qabul qilingan.
Şuningdek, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamoat birlaşmasi şaklidagi “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar, tuman (şahar) bölimlarini tugatiş haqidagi qarorlari qabul qilindi.
❗️2020-yil 1-apreldan boşlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDY) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga ötkaziladi (mana şunisi zör iş bölibdida lekin).
Şuningdek, bugun deputatlar «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatovni yangi taşkil etilgan vazirlikning vaziri lavozimiga nomzod sifatida maʼqullagan edi.
👉 @xushnudbek 👈


