Piyoda yurganlarni rağbatlantiriş tizimi bekor qilindi

Matn26-may, 2022, 13:252 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❌🚶🏻«Mişa, çuçvara otmen»: piyoda yurgan aholini rağbatlantiriş tizimi imi-jimida bekor qilib yuborilibdi. Odamlar köp piyoda yurib qöygan, şekilli

Kuni keça Şavkat Mirziyoyev raisligida sport sohasiga bağişlangan videoselektor bölib ötgan edi. Unda aholi örtasida sportni tarğib qiliş, keng jamoatçilikni sport bilan şuğullaniş körsatkiçini oşiriş böyiça ham masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.

Şu haqda kanalimda post çiqarganimdan keyin, köpçilikdan töxtab qolgan 1hls loyihasi qaçon işga tuşişi haqida savollar kelib tuşdi. Savollarga javob tayyorlayotgan paytim kutilmaganda bir syurprizga közim tuşdi.

Tadaaaam: piyoda yurgan fuqarolarni moddiy rağbatlantirişga oid Prezident farmoni bandi 1 yarim oy oldin, aniqroği 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Prezident farmoni bilan bekor qilib yuborilgan ekan!

Ana syuprizu, mana syurpriiiiz. Ana kir yuvadiğon moşinayu, mana tilbizooor.

Yuz minglab fuqarolarga taalluqli loyiha bekor qilinar ekanu, lekin 1 yarim oydan buyon bu haqda Sportni rivojlantiriş vazirligi lom-mim deb izoh bermas ekan, qoyil, mana oçiqligu, ana oçiqlik. Yoki izoh berildiyu, men körmay qoldimmi? Unda oldindan uzr.

Özi joriy yil boşida, aniqroği 15-yanvar kuni PF-6099-sonli Prezident farmoniga özgariş kiritilib, har kuni 10 ming qadam piyoda yurganlarga 3 ming söm beriş tizimi töxtatilgandi. Öşa paytda yangi tizim joriy qilinib, har hafta 100 mln söm va mingta velosiped berilişi vaʼda qilingandi.

Oradan 3 oy ötar ötmas, Prezident farmoniga yana bir marta özgariş kiritilib, endi piyoda yurganlarni rağbatlantiriş tizimi butunlay çiqarib taşlandi.

Faqat meni bir narsaga sira aqlim yetmayapti. Bu tizimni bekor qilişning jöyali va asoslangan konkret sababi nima? Bunaqa taklifni işlab çiqqan va yuqori rahbariyatni işontira olgan Sportni rivojlantiriş vazirligining maqsadi nima bölgan özi?

Şaxsan menda 2 ta variant bor:

Birinçisi, byudjetda pul yetmay qolgan. Ammo bu işonçsiz variant. Sportga trillionlab pul sarflanayotgan bir paytda piyoda yuradigan aholiga beriş uçun yiliga taxminan 100 mlrd söm pul topilmasligi uyat.

Ikkinçisi, yangi taşkil etilgan Sportni rivojlantiriş vazirligi rahbariyati bunaqa tizim uçun boşini qotirib, özini qiynagisi kelmagan va tinçgina uni butunlay bekor qilib qöya qolişni afzal bilgan. Bu variant birinçisidan ham uyatliroq.

Çunki piyoda yurganlarga pul beriş taşabbusi şaxsan Şavkat Mirziyoyevga tegişli edi. Prezident bir neça bor yiğilişlarda uşbu tizim boşqa davlatlarda yöqligi, tizim özini oqlayotgani, aholini şu orqali piyoda yurişga örgatib, salomatlik bilan boğliq köplab muammolarga yeçim topiş mumkinligini taʼkidlagandi.

Kimlarnidir işlagisi kelmagani uçun, yoki aholiga berişga yiliga qançadir mablağ topilmagani uçun Prezident taşabbusi öz-özidan, jamoatçilikka heç bir izoh va tuşuntiriş bermasdan bekor qilib yuborilaveradimi?

Şahar şunçalik bedarvozami?

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3573
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek