UzIMEI tizimi xorijlik sayyohlarni sarson qilmoqda

Foto2-iyun, 2022, 15:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Sökişni juda xohladim, lekin sökmayman» — UzIMEI xorijlik sayyohlarni sarson qilmoqda

Rossiyalik dasturçi Yevgeniy Amiraslanov öz blogida Özbekistonga 30 kundan köproq muddatga kelgan sayyohlar mobil telefonini UzIMEI tizimi röyxatdan ötkazişda qanday qiyinçiliklarga duç kelişi öz tajribasi misolida hikoya qilib berdi.

👉 https://kun.uz/72663222

P.S.: biz ham bu tizimni ançadan buyon sökmoqçi bölib yuramizu, lekin sökolmayapmiz. Tanqidlarga bezbetlarça munosabati bilan maşhur bölgan uşbu tizimga heç kimning kuçi yetmayotganligidan bilsa böladiki, mabodo sökib qöysak, özimizga jiddiy muammo tuğilişi mumkin.

P.S.-2: avval ham köp aytganman, UZIMEI tizimi kerak, uning foydasi köp. Faqat bu tizim aholi va biznes uçun tekin hamda byurokratiyadan xoli, sodda bölişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1730
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek