Jahon banki eksperti UzIMEI tizimini tanqid qildi
Jahon banki eksperti yana UzIMEI haqida
Keçagi UzIMEI haqidagi postimiz bahonasida Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi boş iqtisodçisi Vinayak Nagaraj öz şaxsiy tajribasi bilan örtoqlaşibdi. Ekspert UzIMEI'ni "tuşunarsiz byurokratik" tizimligini qayd etib, Özbekistonni oldinga emas, balki orqaga tortayotgan siyosatlardan biri ekanligini taʼkidlagan.
Bu balo "Özbekistonda yakuniga yetmagan telekommunikatsiya islohotlarining mamlakat transformatsiyasini uşlab turganini eslatib turadi. Hozirgi UzIMEI tizimi Özbekiston fuqarolari, ayniqsa, mamlakatda 30 kundan ortiq böladigan çet elliklar uçun boşoğriqdir".
Ekspertning aytişiça, UzIMEI nafaqat byurokratik tösiq va mijozlarga qayişmaydigan tizim, balki yangi texnologiyalarni joriy etiş va IOT (The Internet of things)ni keng qöllaşga tösqinlik qiladi. Vaholanki, IOT iqtisodiyotning yetakçi sohalarida, xususan, qişloq xöjaligida mahsuldorlikni oşirişga xizmat qiladi.
"Yana davom etişim mumkin, ammo bu mening har yillik hafsalam pir bölişi namunasidir. Özbekistondagi islohotlar va uning salohiyati borasida umidim katta. Qisqa muddat içida juda köp narsa özgardi. Şuning uçun ham UzIMEI tizimidan qalbim oğriydi. Göyoki kiçkinagina çivin şunça azob beradi.
Nafsilambrni aytganda, bu mening har yillik niyatim, ötinçim: telekommunikatsiya islohotlariga nihoyat yakuniga yetsin, telefonlarni UzIMEI tizimidan röyxatdan ötiş esa ipsiz boğlab qöymaydigan, sodda va Özbekistonda muloqotga salbiy taʼsir körsatmaydigan tizimga aylansin", deydi Jahon banki eksperti özining tvitterdagi sahifasida.
- 👍 1676


