IMEI raqamlarini bepul röyxatdan ötkaziş muddati tugamoqda

Matn28-noyabr, 2019, 15:222 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​Şoşiling! 1-dekabrgaça telefoningizning IMEI raqamini bepul röyxatdan ötkazib qöying

2019-yilning 1-apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravişda röyxatdan ötkaziş işlari boşlangan. Bu 3 bosqiçda amalga oşiriladi:

1-apreldan 1-noyabrgaça — avtomatik (bepul)
1-noyabrdan 1-dekabrgaça — ariza orqali (bepul)
1-dekabrdan boşlab — ariza orqali (pullik)

Qanday tekşiriş mumkin?

Mobil telefoningiz yoki sim-kartali planşetingizning IMEI kodlari röyxatdan ötgan yoki ötmaganini uzimei.uz saytidan tekşirişingiz mumkin. Telefon (planşet) IMEI kodini aniqlaş uçun *#06# kodini tering.

❗️Agar telefoningiz 2 ta sim-kartali bölsa va unda 2 ta IMEI kodni ham saytdan tekşirib köring. Çunki biri bölib, ikkinçisi bölmasa ham telefoningiz işlamay qolişi mumkin.

Yangi telefonlarni nima qiliş kerak?

Agar 1-noyabrdan keyin yangi telefon (planşet) olgan bölsangiz (yoki eski telefoningiz bazadan çiqmasa), unda 1-dekabrgaça ariza beriş yöli bilan BEPUL röyxatdan ötkazib qöying. Çunki 1-dekabrdan xarajat qilişingizga töğri keladi.

Qanday röyxatdan ötkaziş mumkin?

1) uzimei.uz sayti orqali;
2) *1170# USSD sörovini yuboriş orqali;
3) 1170 raqamiga SMS yuboriş orqali;
4) my.gov.uz sayti orqali;
5) poçta bölimlarida.

Röyxatdan ötiş uçun nimalar kerak?

1) telefon raqami;
2) pasport seriya va raqami;
3) JŞŞIR (bu nima va uni qanday biliş mumkin?)
4) IMEI kod.

1-dekabrdan nima böladi?

1-dekabrdan IMEI kodini röyxatdan ötkaziş uçun haq olinadi. Bunda narxlar röyxatdan ötkaziş muddatiga qarab 2 xil böladi. Masalan, jismoniy şaxslar uçun:

yangi telefonni işlatgandan boşlab 30 kun içida röyxatdan ötkazsa — 44 ming 600 söm (20%);
yangi telefonni işlatgandan boşlab 30 kundan keyin röyxatdan ötkazsa — 55 ming 750 söm (25%).

‼️Bunda yana bir muhim jihati, yangi telefonning IMEI kodi 30 kun içida röyxatga olinmasa, telefon işlamay qoladi. Röyxatdan ötkazgandan keyingina işlaşni boşlaydi. Şuning uçun, telefon sotib olayotganda uning IMEI kodi röyxatdan ötganini albatta tekşiring.

P.S.: ammo amaliyotda röyxatdan ötkaziş jarayoni bilan boğliq köplab muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar kelib tuşmoqda. Tuşunarsiz sabablarga köra, röyxatdan ötişda rad javobi kelayotgani, hattoki özimizning Artel telefonlarini ham röyxatdan ötkazib bölmayotgani, bu tizimning ortidan bozorda narxlar oşib ketgani va şu kabi xabarlar.

Şu va şu kabi xabarlar, jumladan nima uçun röyxatdan ötiş pullik va juda qimmat ekanligi haqida keyinroq alohida postlarimizda töxtalamiz. Hozirça esa bepul röyxatdan ötib qöyişni unutmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek