Tadbirkorning elektr va gaz taʼminotidagi muammolari

Matn28-noyabr, 2019, 12:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#muştariy_fikri

Bir tadbirkor-muştariy quyidagiça izoh qoldiribdi:

“Xuşnudbek, mana biz ham Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanida tadbirkorlik bilan şuğullanamiz, bir haftadan buyon svet xohlasa böladi, xohlasa bölmaydi. Işxonada 40 kişidan ortiq işçi-xodimlar işlaydi, işga keladi, svet yöq, gaz yöq, uyiga qaytib ketadi. Bizning işimiz oziq-ovqat mahsuloti işlab çiqarişga möljallangan, asosan elektr energiya va gaz kerak böladi. Endi mahsulot işlab çiqaraman deb, peçkalarni yoqib, mahsulotni pişiriş uçun peçkaga solganingda elektr energiya öçadi, natijada peçka içida qolgan mahsulot yaroqsiz holatga keladi. Natijada 10-15 million sömli mahsulot yaroqsiz holga keladi va korxona zararga kiradi. Töğrisi soğliq ketib, yurak ham tugadi, bunaqangi muammolardan.”

Izoh tugadi.. Xulosa özingizdan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Toşkent metropolitenida çiroq öçib qoldi

    01 daqiqa

Yana oʻqing