Fuqarolar uçun elektr va gaz narxi oşirilmaydi

Matn1-iyul, 2022, 18:161 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Fuqarolar uçun elektr va gaz narxi oşirilmaydi

Hukumat energiya resurslari bozorini isloh qiliş böyiça hujjat muhokamasidan söng quyidagi qarorga kelibdi. Unga köra, 2022-yil 15-iyuldan boşlab:

Birinçidan, aholi uçun elektr energiyasi (295 söm) va tabiiy gaz (380 söm) narxi oşmaydi, “ijtimoiy norma” ham hozirça joriy etilmaydi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib çiqib, “ijtimoiy norma”ning joriy qilinişi mutaxassislar tomonidan qayta körib çiqilmoqda;

Ikkinçidan, 1 kVt soat elektr energiyasi Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet taşkilotlari uçun – 800 söm hamda qolgan yuridik şaxslar uçun – 600 söm böladi.

Uçinçidan, 1 kub m tabiiy gaz Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet taşkilotlari uçun – 1 300 söm, avtomobillarni gaz bilan töldiriş kompressor stansiyalari uçun – 1 150 söm, issiqlik elektr stansiyalari uçun – 1 000 söm hamda qolgan yuridik şaxslar uçun – 1 100 söm böladi.

Törtinçidan, biznes uçun oriyentir berilmoqda. 2023-yil 1-apreldan biznes uçun elektr energiyasi narxi 700 söm, tabiiy gaz esa 1350 söm bölişi kutilmoqda. 2026-yildan boşlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga ötiladi hamda narxlar erkin şakllanişi belgilangan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 662
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek