Prezident energetika sohasidagi muammolarni tanqid qildi
Prezident: «Şunça boyligimiz bölib, elektr öçişlari, gaz yetişmovçiliklari oddiy holatga aylanib bölgan»
Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasining qöşma majlisida Şavkat Mirziyoyev şunday dedi:
«Mana, gaz-neft böyiça neçta rahbar özgarib ketayotganini özingizlar köryapsizlar. Neft-gaz böyiça bironta bilimli, salohiyatli odam yöq, desak töğri böladi. Yöq, kadrlar masalasi böyiça heç kim şuğullanmagan.
Şuning uçun yer osti boyliklarimiz, xalqimiz bizdan kutgan natijalarni... şunça boyligimiz bölib, odamlarimizga salgina sovuq bölsa elektr öçişlari, gaz yetişmovçiliklari hozirgi oddiy holatga aylanib bölgan, lekin bu meni juda katta taşvişga solyapti va agar şu masalalarni joy-joyiga qöymas ekanmiz, ertaga iqtisodiy barqarorlikka erişiş juda qiyin böladi. Negaki, yoqilği-energetika sohasisiz sanoatni rivojlantiriş mumkin emas.
Mana, kamida 4,5 mlrd kVt/s elektr energiyani import qilyapmiz. Bu yil juda katta marra oldik - Özbekiston şaroitida birinçi marta 73 mlrd kVt/s elektr energiyani taʼminlaş böyiça. Bu juda katta marra, bunday marrani biron marta amalga oşira olmaganmiz», - deydi davlat rahbari.
👉 @xushnudbek 👈



