Bloklangan telefonlarning IMEI-kodlari işlay boşladi

Matn23-sentabr, 2020, 16:412 daqiqa0 koʻrish

❗️Telefoni bloklanib qolganlar diqqatiga!

Mobil telefonlar bilan şuğullanadigan mutaxassislarning aytişiça, bugun IMEI-kodni röyxatdan ötkaza olmasdan, telefoni bloklanib qolganlarning telefoni işlaşni boşlabdi. Buning uçun SIM-kartani telefonga qöyişning özi kifoya ekan. Mabodo işlamasa, telefonni öçirib yoqiş talab etiladi.

Bu mutlaqo tekin va heç qanday qöşimça röyxatdan ötiş jarayonisiz amalga oşayotgan emiş.

Agar telefoningiz 2 ta SIM-kartali bölsa, ikkalasiga ham SIM-kartani qöyib körişingiz kerak böladi.

Yana aytişlariça, baza faqat bugunga oçiq bölarmiş, ulgurib qoliş kerak ekan, ertaga buning imkoni bölmas ekan. Bu ham aniq gap emas, miş-miş hozirça.

🤷‍♂️ Lekin eng qiziği bu haqda birorta joyda rasmiy xabar berilmadi. Nega unaqa bölayotganini aniqlaştirişning imkoni ham bölmayapti.

Ayrimlarning fikriça, aholining köplab noroziligini inobatga olib şunaqa qilişganmiş. Agar rostdan şunday bölsa, unda bu haqida hammaga oçiq-oydin eʼlon beriş kerak emasmi? Nega sir tutişadi buni? Imi-jimida 1 kunga oçib qöyiş bilan aholi rozi bölib qolarkanmi?

🤔 Ammo boşqa versiya ham bor. Bugun kutilmaganda bazaning bunday oçib qöyilişi ortidan, noqonuniy yöllar bilan kirgan juda katta partiyadagi telefonlar qonuniyga aylanib oliş ehtimoli ham yöq emas. Ammo bu ham aniq emas, şunçaki versiya xolos. Çunki hozirça aniq bilmaymiz, bugungi "oçiq eşiklar kuni" faqat bloklangan telefonlargami yoki mutlaqo yangilariga ham amal qiladimi, bunisi nomaʼlum (rasmiy maʼlumot bölmagandan keyin şu-da!).

❓Xöş, kimdir bu holatga izoh beradimi? Nima, şahar bedarvozami, istasa oçadi, istasa yopadi? Nima maqsadda baza bunaqa oçib qöyildi: bu tizimdagi texnik xatolikmidi, aholiga sirli yordammidi yoki nolegal telefonlarni yoppasiga legallaştirib oliş aksiyasimidi? Qaysi biri?

Marhamat, hurmatli bilimdonlar, kim javob beradi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek