Uzbekistan GTL zavodining oçiliş marosimi bölib ötdi

Albom25-dekabr, 2021, 15:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL zavodi oçiliş marosimining rasmiy qismida nutq sözlamoqda. Jumladan, zavod imkoniyatlari haqida şunday dedi:

«Majmuada yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gaz qayta işlanib, qiymati 1 milliard dollardan ziyod bölgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar (aviakerosin, dizel yoqilğisi, nafta, suyultirilgan gaz) tayyorlanadi.

Natijada yiliga 500 mln dollarlik import örni qoplanadi, 200 mln dollarlik eksport va 2 trln sömlik soliq tuşumlari taʼminlanadi», — dedi davlat rahbari.

Bunga asoslar quyidagiça:

✅ bu yerda çiqarilgan aviakerosin boşqa zavodlarnikiga nisbatan juda toza va sifatli, eng zamonaviy samolyotlarga möljallangani uçun, unga hamişa talab yuqori;

✅ zavodda çiqariladigan dizel yoqilğisi kamida Yevro-6 standartlariga javob beradi, mintaqamizda bunday toza mahsulot işlab çiqaradigan korxona umuman mavjud emas;

✅ natijada Özbekistonda aviatsiya xablarini taşkil qiliş hamda yuk taşişda xizmat qiladigan yirik logistika kompaniyalarini rivojlantiriş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 6
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek