Şavkat Mirziyoyev: najot — sanoatda
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Manba:Daryo — LIVE
«Millatimiz kasal böldi paxta balosini deb». Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, najot — sanoatda
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Samarqand viloyatida bölib qaytdi. Imom Buxoriy ziyoratgohida böldi, viloyatdagi qurilişlarni borib kördi, sanoat va qişloq xöjaligi böyiça loyiha taqdimotlari bilan tanişdi. Söng xalq deputatlari viloyat Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida qatnaşdi. Unda nafaqat viloyati hokimining lavozimidan «v.b.» qöşimçasi olib taşlandi, balki, Kun.uz’ning yozişiça, köplab muhim gaplar aytildi.
«Yanvardan yerni şörini yuvamizda, dekabrgaça şudgor qilamiz. Kökardikmi? Kökarmadik. Kasal böldik hammamiz. Millatimiz kasal böldi paxta balosini deb», — dedi Prezident sessiya davomida. Davlat rahbarining sözlaridan xulosa qiladigan bölsak, najot — şunçaki paxta yetiştirişda emas, balki şu yetiştirilgan paxtani (nafaqat uni) qayta işlaş (nafaqat qayta işlaş) quvvatiga ega sanoatda. Samarqandda esa bu borada işlar köngildagidek emas, Prezidentning taʼkidlaşiça:
«Yangi texnologiyalar kelyapti. Ertaga Jizzaxga boraman. Amerikaning texnologiyasi kelyapti. Menga klaster qanday uskunalar olib kelayotganini aytib berişyapti. Özi olib kelsin, foyda qilsin, odamlarni işlatsin, oyligini bersin. Eksport qilsin, öziyam manfaatdor bölsin. Raqobatbardoş iqtisodiyot şunday böladi.
Samarqandda mahalliy byudjetga bor yöği 350 milliard söm qolyapti. 4 million kişilik viloyat uçun bu heç narsa emas. Agar sanoat işlasa, 1 trillion qolardi.
Oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Korrupsiya yöq bölişi kerak. Investor qaçon keladi? Sektor rahbarlari halol bölsa keladi. Men ikki iş örni yaratganni yelkamda kötaraman deb kelaman. Bu gapni ijroçi rahbarlarga daʼvat qiliş uçun aytaman. Boşimizdan ötkazganmiz. Bir tadbirkor kelsa, darrov tekşir-tekşir böldi, qama-qama böldi, «maska şou» böldi. Hammasini kördik-ku bu hayotda. Nima böldi natijada?
Samarqandda qaysi zavod bor? Bitta «Sino» bor. Uyam 76 milliard söm qarzga botib, böşab yotibdi. Investorga bepul bölsayam beringlar deb qöl qöyişga majbur böldim, işlatsa böldi. Nol qiymat böyiça olib, işlatib, odamlarga oylik tölasa böldi».




