Şavkat Mirziyoyev: Yer osti boyliklari xalqqa xizmat qilişi kerak

Matn25-dekabr, 2021, 14:111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Bu zavodlar özbek xalqiga manfaat olib kelişi kerak” — Şavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari taqdimotda Özbekistonning yer osti boyliklari xalqniki ekanligi va şunday bölib qolişi kerakligi haqida şunday dedi:

“Bu zavodlar, topilayotgan konlar eng avvalo özbek xalqiga manfaat olib kelişi kerak. Har bir “skvajina”ni “siz” deyişimiz kerak. Axir bu Allohning xalqimizga bergan neʼmati-ku. Buni qadriga yetişimiz kerak.

Afsuski, uzoq yillar biz unaqa qilmadik. Qayerdan kon topsak, sotdik. Topdik, sotdik. Eng alam qiladigani, özimizni boyliklarni xorijdagilarga yalingudek bölib sotdik. Xalqni öylamadik. Xuddi Özbekistonda vaqtinça yaşayotganday iş tutdik, “ertaga bu yurtda nima bölsa ham menga qiziği yöq” degan prinsip böldi.

Endi bunaqa bölmaydi. Alloh taolo özbek xalqiga bergan boyliklari faqat xalqimizga xizmat qilişi kerak. Boşqaça bölişiga yöl qöymayman.

Endi gazimizni arzongarovga çetga sotmasdan, özimiz qayta işlaymiz va köproq daromad olamiz. Mana, paxta böyiça xuddi şu tizimni yölga qöya oldik-ku, gazda ham şunaqa qilamiz”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 8
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek