Özbekistonda 528 ming bola Pfizer bilan emlandi
❗️528 ming nafar bola Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy emlandi. Xorazmga rahmat, Toşkent va Buxoroga uyat
Soğliqni saqlaş vazirligi 15-dekabr holatida 528 ming 212 nafar 12 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravişda emlanganini maʼlum qildi.
💉Xususan, bolalarni koronavirusga qarşi emlaş jarayonida eng peşqadam viloyatlar safida Farğona (104 166 doza), Samarqand (89 925 doza) va Andijon (60 002 doza) yetakçilik qilmoqda.
Yodingizda bölsa, avvalgi şu mavzudagi postimda Xorazm viloyatida birorta ham bola emlanmaganini aytib, nahotki xorazmlik ota-onalarga öz farzandlarining hayoti va soğliği şunçalar keraksiz bölsa, deya savol qöygandik. Şu postimizdan keyin ötgan 1 yarim oy içida Xorazmda 25 ming nafardan ortiq bolalar ixtiyoriy ravişda Pfizer vaksinasi bilan emlanibdi va bu körsatkiç bilan 7 ta hududni ortda qoldirgan. Qoyil! Xorazmlik ota-onalarga ham, viloyat soğliqni saqlaş tizimi vakillariga ham katta rahmat!
Endi diqqatimizni yana boşqa 2 ta hududga qaratmoqçimiz. Toşkent şahri hamda Buxoro viloyatlaridagi körsatkiç ham öta şarmandali va hayratlanarli. Uşbu 2 ta hududdagi körsatkiç qolganlarga qaraganda yaqqol kamligi bilan ajralib turadi. Hatto 4 mingga ham yetmagan. Undan keyingi eng past körsatkiç Jizzaxda — 15 ming nafar. Qolgan barça hududlar 20 mingdan oşgan. Farqni köryapsizmi?!
Nima uçun Toşkent va Buxoroda bolalarning vaksina olişi bu darajada sust ketyapti? Yana öşa savol: nahotki uşbu hududlardagi ota-onalar öz farzandlari soğliğiga şunçalar befarq bölsa? Işongim kelmaydi.
Menimça, gap yana öşa sust tarğibot va işni töğri taşkil qila olmaganlikka borib taqalsa kerak. Toşkent şahri va Buxoro viloyati hokimlari, hududlarning soğliqni saqlaş tizimi rahbariyati bu borada mutlaqo boş qotirmaganligini raqamlarning özi aytib turibdi. Axir gap bolalar hayoti va soğliği haqida ketmoqda-ku!
Ayniqsa, Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği bir paytning özida vazir örinbosari hisoblanadi. Zam ministr bölib, kottakonday yuriş yaxşi, lekin yuqoridagi kabi işlarni taşkil qilişni biliş ham kerak.
Bir yoqda butun boşli mamlakat poytaxtida atigi 3 ming 600 nafar bola vaksina olgani, boşqa yoqda Farğona viloyatining özida 104 ming bola emlangani, Toşkent şahri masʼullari uçun naqadar uyat va şarmandalik ekanligini körsatib turibdi.
Umid qilamizki, bu borada masʼullar ham, ota-onalar ham masʼuliyatni his qilib, hozirgi murakkab şaroitda bolalarni ixtiyoriy emlaş işlarida faol bölişadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5

