Taşabbusli budjet uçun 1,5 trln söm ajratilmoqda
❗️Kelgusi yilda fuqarolarning taşabbuslari uçun 1,5 trln söm ajratilmoqda!
2022-yilgi Davlat byudjetida tumanlar (şaharlar) byudjetlari qöşimça mablağlarining kamida 30 foizi jamoatçilikning taşabbusini moliyalaştirişga yönaltirilişi belgilandi.
Natijada 2022-yilda oçiq budjet loyihasi uçun 1 trln 553 mlrd söm mablağ ajratiş rejalaştirilmoqda.
Joriy yil ilk marta ötkazilgan «Taşabbusli budjet» loyihasida dastlab 157 mlrd söm ajratilgandi, keyinçalik kutilmaganda aholining faolligi yuqori bölib ketgani uçun yakunda uşbu mablağ oşirilib, 521 mlrd sömga yetkazildi. (Batafsil)
Loyiha davomida jami 41 ming 125 ta taşabbus bildirildi (oçiğini aytsam, boşida heç bölmasa 5 mingta taşabbus bölsa ham katta natija bölardi, deb reja qilingandi). Sekin-asta hududlarda ğolib bölgan loyihalar katta-kiçikligiga qarab realizatsiya qilinmoqda.
Demak, keyingi yil fuqarolarning taşabbuslari uçun 3 baravar köproq mablağ ajratiladi va bu juda zör! Hududlarda aholini qiynayotgan tegişli muammolarni jamoatçilik taşabbusi bilan hal etiş uçun zör imkoniyat bu.
‼️Umuman olganda jamiyatimiz davlat byudjeti mablağlarini sarflaş masalalariga köproq qiziqişi, bu böyiça savollar berişi, masʼullarni söroqqa tutişi, jamoat manfaatlari uçun taşabbus körsatişi va eng asosiysi befarq bölmasligi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3


