Oçiq budjet portalining yangi talqini taqdim etildi
Örtoqlar, muhim gap bor!
Keça Moliya vazirligida «Oçiq budjet» (www.openbudget.uz) portalining yangilangan versiyasi taqdimoti bölib ötdi.
Bu qanaqa portal özi?
Birinçidan, portalda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, şuningdek, davlat taşkilotlari va hokimliklarning qança pulni qayerga sarflagani va byudjetga oid yana köplab maʼlumotlarni köriş mumkin.
❗️Ikkinçidan, va eng muhim qismi, fuqarolarning özi mahalliy byudjetni qayerga sarflaşni hal qilişi, bu böyiça takliflar berişi mumkin.
Hozir fuqarolar taşabbuslari jami 157 mlrd söm ajratilgan! Qaysi tumanga qança pul ajratilganini mana bu yerda köriş mumkin. Tasavvur qilyapsizmi, sizu bizning özimiz şu pullarni qayerga işlatişni hal qila olamiz.
Portal test rejimida işlamoqda va kelgusida yanada funksiyalari köpaytirilarkan.
Siz ham portalga kiring va mahallangizni obod qiliş uçun takliflaringizni qoldiring!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

