Fuqaroligi bölmagan şaxslar OTMlarga hujjat topşirişi

Matn9-iyul, 2021, 18:411 daqiqa0 koʻrish

#abituriyent

⚡️ Fuqaroligi bölmagan şaxslar OTMlardagi qabul komissiyalarida röyxatdan ötkaziladi

Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoniga köra, fuqaroligi bölmagan şaxslarga istisno tariqasida, istalgan oliy taʼlim muasssalarida taşkil etilgan qabul komissiyalarida röyxatdan ötişga ruxsat berildi.

❗️Bunda, boşqa toifadagi abituriyentlar (masalan, Özbekiston fuqarolari) OTMlarning qabul komissiyalarida röyxatdan ötkazilmasligi qatʼiy belgilandi.

Eslatib ötamiz, abituriyentlar my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali onlayn röyxatdan ötmoqda. 9-iyul soat 18:00 holatiga köra, 171 ming 748 nafar abituriyent röyxatdan ötdi.

Röyxatga oliş 22-iyul kuniga qadar (öşa kuni ham) davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek