Taşabbusli budjet loyihasining yangi bosqiçi boşlandi
"Taşabbusli budjet" yana boşlandi! 1 trln sömni qayerga işlatişni fuqarolarning özi hal qilişi mumkin
Yon-atrofimizda köplab katta-kiçik muammolarimiz bor. Masalan, qaysidir mahallada suv yöq, qayerdadir elektr yöq, qayerdadir yöllar rasvo, qayerdadir boğça eski, qayerdadir maktab xaroba va h.k.
Davlat nega qilmaydi, hokimlar qayoqqa qarayapti, soliqlarimiz qayerga ketyapti özi, hokimlar faqat qimmat maşina olişni biladi, undan köra pulini maktab-boğça va yöllarga sarflasa bölmaydimi, degan savollarni va xitoblarni ham köp aytamiz.
Endi Oçiq budjet portali orqali özimiz qayerga içimlik suvi kerak, qaysi yölni tuzatiş kerak, qaysi boğça yoki maktabni taʼmirlaş kerak, taklif bera olamiz. Va taklifimizni mahalladoşlarimiz qöllab-quvvatlab, köproq ovoz bersa, öşanga pul ajratiladi.
Ötgan yilgi ilk loyihada jami 41 ming 125 ta taşabbus bildirilgandi. Jami 530 mlrd söm pul ajratildi.
Bugundan boşlab 2022-yilgi loyihaning birinçisiga start berildi. Mablağ esa 2 baravar köpaytirilgan — 1 TRLN 26 MLRD SÖM!
❓Xöş, sizdaçi? Taklif bormi? Mahallangiz muammosini hal qilişga yordam bermoqçimisiz? Sizdan pul talab qilinmaydi, şunçaki TAŞABBUS körsatsangiz böldi, pulini davlat tölab beradi.
Unda nega qöl qovuştirib ötiribsiz? Tezda openbudget.uz saytiga kiring va taşabbus körsating. Davlat byudjetini kerakli joyga işlatilişida yordam bering.
Ariza qoldiriş muddati: 21-fevralgaça!
Takliflar quyidagi mavzularda bölişi kerak:
— içimlik suvi taʼminoti;
— içki yöllarni taʼmirlaş;
— yoritiş tizimlari bilan boğliq muammolar;
— maktab, boğça, tibbiyot birlaşmalari va boşqa ijtimoiy obyektlarni taʼmirlaş, moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlaş;
— umumjamoat foydalanişidagi obyektlarni taʼmirlaş yoki jihozlaş va boşqalar.
Befarq va loqayd bölmang, taşabbusni qölga oliş vaqti keldi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1212

