Oçiq budjet portali orqali taşabbus körsatiş tartibi
Oçiq budjet nima degani özi?
Yon-atrofimizda köplab katta-kiçik muammolarimiz bor. Masalan, qaysidir mahallada suv yöq, qayerdadir elektr yöq, qayerdadir yöllar rasvo, qayerdadir boğça eski, qayerdadir maktab xaroba va h.k.
Davlat nega qilmaydi, hokimlar qayoqqa qarayapti, soliqlarimiz qayerga ketyapti özi, hokimlar faqat qimmat maşina olişni biladi, undan köra pulini maktab-boğça va yöllarga sarflasa bölmaydimi, degan savollarni va xitoblarni ham köp aytamiz.
Endi Oçiq budjet portali orqali özimiz qayerga içimlik suvi kerak, qaysi yölni tuzatiş kerak, qaysi boğça yoki maktabni taʼmirlaş kerak, taklif bera olamiz. Va taklifimizni mahalladoşlarimiz qöllab-quvvatlab, köproq ovoz bersa, öşanga pul ajratiladi.
Taşabbuslar xarajati 1 mlrd sömdan oşmasligi kerak.
Hozirgaça 1117 ta taklif qoldirilgan. Masalan:
➖ Uçköprik tumani Yangiboğ MFYdagi yölni asfaltlaş;
➖ Yangiqörğondagi 10-maktabning isitiş tizimi va hojatxonasini yangilaş
➖ Çilonzordagi 316-boğçani taʼmirlaş
➖ Kitob tumanidagi Dehqon bozoriga çiqindi qutilari örnatiş
➖ Farğona tumanidagi Mindonobod qişloğini içimlik suvi bilan taʼminlaş
va boşqa takliflar.
❓Xöş, sizdaçi? Taklif bormi? Unda nega qöl qovuştirib ötiribsiz? Tezda openbudget.uz saytiga kiring va taşabbus körsating. Davlat byudjetini kerakli joyga işlatilişida yordam bering.
Takliflar quyidagi mavzularda bölişi kerak:
— içimlik suvi taʼminoti;
— içki yöllarni taʼmirlaş;
— yoritiş tizimlari bilan boğliq muammolar;
— maktab, boğça, tibbiyot birlaşmalari va boşqa ijtimoiy obyektlarni taʼmirlaş, moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlaş;
— umumjamoat foydalanişidagi obyektlarni taʼmirlaş yoki jihozlaş va boşqalar.
Befarq va loqayd bölmang, taşabbusni qölga oliş vaqti keldi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4


