Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Elektr taʼminotidagi uzilişlar va infratuzilma muammolari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Elektr tokidagi uzilişlar haqida ikki oğiz

Şu kunlarda nafaqat çekka hududlar, balki poytaxt Toşkentda ham elektr energiyasi taʼminotida köplab uzilişlar sodir bölmoqda.

Energetika vazirligi axborot xizmati bunga munosabat bildirib, uzilişlarga asosiy sabab uskunalarga texnik xizmat körsatiş va modernizatsiya işlarining keçikişi va bularning ortidan kelib çiqayotgan nosozliklar ekanini maʼlum qildi.

“Eski uskunalar şunçaki yangi quvvatlarga bardoş bera olmaydi. Bu esa bugungi kunda 25 yildan ortiq vaqt davomida energetika tizimining holatiga yetarliça eʼtibor berilmagani natijasidir” deyiladi bayonotda.

Bu böyiça özimning ham ayrim fikrlarim bor.

Bugungi kunda elektr tokida kuzatilayotgan köplab uzilişlar kutilmagan holat emas. Bularning barçasi oldindan kutilgan va şu kabi holatlar haqidagi xavotirlar keng jamoatçilik, xususan jurnalist va blogerlar tomonidan köp marotaba bildirilgan edi.

Yaʼni, muammo birgina elektr simlari yoki umumiy tizimning eskiligida ham emas. Bu yerda eʼtibor qaratiş kerak bölgan boşqa muhim masala ham bor. Gap şaharsozlik qoidalariga amal qilinmasligi, uzoqni köra olmaslik, oldindan har tomonlama kompleks reja bilan iş qilinmasligi haqida ketmoqda. Boşqaça aytganda avval infratuzilmani joy-joyiga qöymasdan, paydar-pay yangi obyektlar, yangi "elektr söruvçi" manbalar qurilmoqda.

Ayniqsa Toşkent şahri misolida köradigan bölsak, juda köplab turar-joy majmualari barpo etilmoqda. Daraxtzorlar kesilib, örni kafe-restoran hamda har bir qariçi elektr isteʼmol qiladigan köngiloçar maskanlarga aylantirilmoqda. Tabiiyki, bularning barçasi yanada köproq energiya resurslarini talab etadi.

Ammo, men hali biror marta eşitmadimki, obyektlarni qurayotganlar yangi elektr manbasini yaratgani yoki bu haqda qayğurganini. Aksariyat hollarda şunçaki mavjud eski va çirigan elektr simlari va boşqa kommunal xöjaligi tarmoqlariga ulanmoqda.

Agar şu tarzda davom etadigan bölsak, oldinda bizni nafaqat elektr toki, balki undanda jiddiyroq boşqa muammolar ham kutib turibdi.

Eng avvalo kanalizatsiya tizimi – şunça köp qavatli uylar qurilyaptiyu, ammo yangi kanalizatsiya tarmoqlari qurilgani yöq.

Içimlik suvi va boşqa kommunal xizmatlar körsatiş sohasida ham xuddi şu muammo.

Bu kabi oldi-orqaga qaramasdan, infratuzilmani rivojlantirişni öylamasdan qilinayotgan qurilişlardan vaqti kelib butun xalq jabr tortadi.

Hali ham keç emas, bugun yuz berayotgan hodisalar kelajakdagi jiddiy oqibatlarga yaxşigina signal.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek