Taşabbusli budjet loyihasida ovoz beriş boşlandi
Ovoz bering va budjet pulini töğri sarflanişiga öz hissangizni qöşing
openbudget.uz saytida mahalliy byudjetning bir qismini qayerga sarflaşni fuqarolarning özi hal qiladigan «Taşabbusli budjet» loyihasida 41 mingdan ortiq taşabbus qoldirildi.
Endi esa 2-sentabrga qadar ovoz beriş jarayoni böladi. Yaʼni siz uşbu saytga kirib, fuqarolar tomonidan qoldirilgan yaxşi takliflarga ovoz berişingiz mumkin. Ovoz beriş soddalaştirilgan, şunçaki "ovoz beriş" (layk) tugmasini bosasiz, telefon raqamingizni kiritasiz, kelgan SMSdagi kodni yozasiz, böldi. Tizimdan röyxatdan ötiş şart emas.
Maslahat: taşabbuslar röyxatida tuman va şahar kesimida filtr qiliş imkoni bor. Yaʼni özingiz yaşayotgan hudud uçun berilgan takliflarni körib, ovoz berişingiz mumkin.
Yoki istasangiz qaysi hududdaligidan qatʼi nazar istalgan taşabbusga ham ovoz bera olasiz.
❗️openbudget.uz saytiga kiring, yaxşi taşabbuslarga ovoz bering. Budjet mablağlari, yaʼni sizu bizning pullarimizni maqsadli sarflanişiga öz hissangizni qöşing!
- 👍 2


