TDYUU magistraturasiga kiriş testlari 20-avgustda böladi

Matn18-avgust, 2021, 09:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Toşkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kiriş test sinovlari haqida

📆 2021-2022-öquv yili uçun Toşkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga kiriş test sinovlari 20-avgust kuni 19:00-da Toşkent şahridagi Botanika boğida bölib ötadi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va çet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan ötkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topşiriği va ularni işlaş uçun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

✅ Çet tili böyiça B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar çet tili böyiça imtihondan ozod qilinadi va ularga şu fan doirasida oliş mumkin bölgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uçun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 207,5 ball bölib, mutaxassislik fanlari böyiça har bir töğri javob uçun 3,1 balldan (jami 155 ball), çet tili fani böyiça esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00-dan boşlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olişlari mumkin böladi.

❕ Talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan hududga şaxsini tasdiqlovçi hujjat va test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnoma bilan 18:30-dan keçikmagan holda kelişlari söraladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek