Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari taqdirlandi
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari va ularning öqituvçilari taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek, joriy yil nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida özbekistonlik yoşlar tomonidan jami 10 ta (2020-yilda 6 ta) medal qölga kiritildi. Xususan:
— 53-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 1 ta 🥇oltin va 3 ta 🥉bronza (Yaponiya);
— 62-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 1 ta 🥈kumuş va 1 ta 🥉bronza (Rossiya)
— 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) 2 ta 🥇oltin va 1 ta 🥈kumuş (Portugaliya)
— 51-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bitta 🥉bronza (Litva).
Keçagi marosimda ğoliblar va ularning ustozlariga quyidagi pul mukofotlari berildi:
🥇oltin medal uçun:
öquvçiga — 122,5 mln söm;
öqituvçisiga — 110,25 mln söm.
🥈kumuş medal uçun:
öquvçiga — 73,5 mln söm;
öqituvçisiga — 61,25 mln söm.
🥉bronza medali uçun:
öquvçiga — 49 mln söm;
öqituvçisiga — 36,75 mln söm.
Şuningdek, uşbu öquvçilar imtihonsiz grant asosida öqişga qabul qilinadi. Öqituvçilariga esa 200, 175, 150 foizlik ustamalar beriladi.
👉 @xushnudbek 👈

