Xalqaro kimyo olimpiadasida özbekistonlik öquvçilar ğolib böldi
Xalqaro kimyo olimpiadasida öquvçilarimiz kumuş va bronza medallarini qölga kiritişdi
Epidemiologik vaziyatni inobatga olib 52-Xalqaro kimyo olimpiadasi 25-iyul kuni masofaviy tarzda ötkazildi. Kimyo fanidan eng nufuzli hisoblanadigan mazkur olimpiadada dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli öquvçi iştirok etdi.
Olimpiadada Özbekiston şarafini 2018-2019 öquv yilida respublika fan olimpiadasida va qöşimça respublika olimpiadasi ğoliblari orasidan saralab olingan 4 nafar iqtidorli öquvçi himoya qilib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
Kumuş medal:
- Mirumid Mirakbarov (Toşkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey);
- Dilşodaxon Isayeva (Toşkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi akademik litsey).
Bronza medal:
- Firdavs Sobirov (35-maktab, Buxoro şahri).
Şuningdek, Jondor tumani 49-maktab öquvçisi Akobir Narzullayev diplom bilan taqdirlandi.
Xalqaro olimpiada ğoliblariga qanday imtiyozlar bor?
1️⃣ Ötgan yili imzolangan Prezident qaroriga asosan, tan olingan nufuzli xalqaro olimpiadalar ğoliblari va ularning öqituvçilari bazaviy hisoblaş miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin (oltin medal) uçun — 500 (111 mln 500 ming söm), öqituvçisiga — 450 baravari (100 mln 350 ming söm);
2-örin (kumuş medal) uçun — 300 (66 mln 900 ming söm), öqituvçisiga — 250 baravari (55 mln 750 ming söm);
3-örin (bronza medal) uçun — 200 (44 mln 600 ming söm), öqituvçisiga — 150 baravari (33 mln 450 ming söm).
2️⃣ Bundan taşqari röyxatga kiritilgan xalqaro olimpiadalar ğolibi bölgan öquvçilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz grantga qabul qilinadi.
3️⃣ Xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi öquv yili uçun direktor jamğarmasidan oltin, kumuş va bronza medallari böyiça tegişinça qöşimça 200, 175 va 150 foizlik ustama tölanadi.
4️⃣ Agar xalqaro olimpiada ğoliblari kelgusida taʼlim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritişni boşlasa, ularning lavozim maoşiga har oy 150 foiz ustama qöşiladi.
Sovrindor bölgan uka-singillarimizni çin dildan tabriklayman! Ilmga bölgan intilişlari heç qaçon sönmasin.
👉 @xushnudbek 👈


