Özbekistonlik yoşlar Mendeleyev olimpiadasida 7 ta medal oldi
Xalqaro fan olimpiadasida özbekistonlik yoşlar 7 ta medalni qölga kiritdi
28 ta davlat öquvçilari örtasida onlayn tarzda ötkazilgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Özbekiston şarafini himoya qilgan 7 nafar öquvçilarning barçasi yuqori natijalarni qayd etişdi.
Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalarga köra 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 2 ta bronza medallari qölga kiritilgan.
🥇 Buxoro şahar 35-umumiy örta taʼlim maktabi öquvçisi Firdavs Sobirov oltin;
🥈 Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internati öquvçilari Azimjon Jamolov va Durdona Muxtarxöjayevalar, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi öquvçisi Sobirjon Amanov hamda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi öquvçisi Nafisa Normurodovalar kumuş;
🥉Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab öquvçisi Ikromiddin Boymahammadov va Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi öquvçisi Begzod Röziboyev bronza medalini qölga kiritişgan.
P.S.: olimpiada ğoliblarini mukofotlaş haqidagi maʼlumot notöğri bölgani uçun tahrirlandi.
👉 @xushnudbek 👈



