Musulmonni sökişning oqibatlari haqida hadis
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganAbdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Musulmonni sökiş (sökkan odamning) halokat jari yoqasiga kelganini anglatadi”, dedilar”.
Bazzor rivoyat qilgan.
Jarning yoqasiga kelgandan söng unga tuşib ketiş heç narsa bölmay qoladi. Demak, sökişga eʼtibor bermay, “Söksa nima böpti”, deyiş mutlaqo notöğri işdir.
Xususan sökişni köp işlatadigan odamlar katta gunohlarga sabab böladilar. Ular oliy ilm dargohlarini bitirgan, katta mansablarni egallagan, yaxşi kiyinib, yaxşi yaşayotgan bölişlari ham mumkin.
Modomiki, içlarida yaxşilikka amal qildiruvçi kuç yöq ekan, özlarining sözlarini tuzatolmas ekanlar, kim bölişlaridan qatʼi nazar, fosiq böladilar, madaniyatsiz, tuban inson hisoblanadilar.
Özaro muomalada birinçi bölib sökkan odam katta maʼnaviy jinoyat qilgan böladi. Oradagi hurmat va izzat, özaro tuşuniş pardasini yirtgan, yomonlikka yöl oçgan böladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
