Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari bilan gaplaşdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Özbekiston tinçlik tarafdori

Bugun, 1-may kuni, Şavkat Mirziyoyev yana bir bor Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida öz vaqtida körilgan va özaro muvofiqlaşgan saʼy-harakatlar tufayli Qirğiziston-Tojikiston çegarasidagi vaziyatni barqarorlaştirişga erişilgani va uning keskinlaşişiga yöl qöyilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Eʼtiborli jihati 30-aprel kuni ham Şavkat Mirziyoyev şoşilinç ravişda dastlab Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan, söngra Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Unda ham çegaradagi mojarolarni tinç yöl bilan, özaro döstona muzokaralar orqali hal etiş muhimligi qayd etilgandi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi esa 29-aprel kuni Qirğiziston-Tojikiston davlat çegarasidagi töqnaşuvlar böyiça bayonot berib, qöşnilarimiz çegarasida vaziyatning keskinlaşişi töğrisidagi xabarlar Özbekiston Respublikasida jiddiy xavotir uyğotganini maʼlum qilgandi.

Özbekiston tomonlarni töqnaşuvlarni zudlik bilan töxtatiş, vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça birgalikdagi çoralarni köriş va keskinlikning yanada ortişiga olib kelişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişga çaqirgan hamda bu borada Özbekiston barça yordamga tayyorligini bildirgandi.

Komil Allamjonov mazkur holatga öz munosabatini bildirib, jumladan şunday fikrlarni bayon qildi:

“Şubhasiz, bunda keyingi yillarda davlatimiz va qöşni mamlakatlar örtasidagi munosabatlarning yaxşi tomonga özgargani, döstona aloqalar örnatilgani samara berdi.

Uruş töxtadi. Allohga ming şukur”.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek