Şavkat Mirziyoyev xalqni Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi yölladi. Jumladan, tabrikda şunday deyiladi:
“Muqaddas Qurʼoni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinçlikka çaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinçlik işiga kirişingiz!
Hozirgi ğoyat murakkab va tahlikali zamonda tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, uni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş va mustahkamlaşdek ötkir talablar yurtimizda yaşayotgan har bir mömin-musulmon, har bir inson uçun har qaçongidan ham dolzarb bölib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz”, - deyiladi tabrikda.
“Aziz yurtdoşlar!
Barçangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.
El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bölsin!
Alloh taolo gözal diyorimizni, olijanob va bağrikeng xalqimizni hamişa öz panohida asrasin!
Aziz Vatanimizda tinçlik va barqarorlik hamişa bardavom bölsin!
Ezgu işlarimiz, intilişlarimizda Yaratganning Özi doimo madadkor bölsin!”
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
👉 @xushnudbek 👈



