Şavkat Mirziyoyev çegaradagi vaziyatni muhokama qildi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Şavkat Mirziyoyev dastlab Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan, söngra Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot çoğida Qirğiziston-Tojikiston çegarasida yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi.
Özbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qiliş va uning keskinlaşuviga yöl qöymaslik böyiça Tojikiston va Qirğiziston tomonlari erişgan kelişuvlarni qöllab-quvvatladi.
Eslatib ötamiz, 28-29-aprel kunlari Qirğiziston va Tojikiston çegarasidagi qişloqda mahalliy aholi örtasida boşlangan mojaro harbiylarning qurolli töqnaşuviga aylanib ketgan edi. Keça kun sönggida ikkala davlat rasmiylari otişmalarni töxtatiş va tinç muzokaralarni boşlaş böyiça kelişuvga erişdi.
Harbiy-jangovor töqnaşuvlar natijasida Qirğiziston tomondan 13 kişi halok bölib, 134 kişi jabrlangani, Tojikiston tomondan esa 10 ga yaqin inson halok bölib, 90 nafar odam jabrlangani aytilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈







