Bitiruvçilardan uç tomonlama şartnoma talab qiliş taqiqlandi
Bitiruvçilardan uç tomonlama şartnoma talab qilinişi mumkin emas. Buni Senat nazoratga oldi
Ayni kunlarda har yili bölgani kabi kollej, litsey va oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilaridan ularni biror korxona-taşkilotga işga qabul qilişni nazarda tutuvçi uç tomonlama (talaba, taʼlim muassasasi va iş beruvçi) şartnoma imzolatib kelişi talab etilayotganiga oid holatlar kuzatilmoqda.
Oliy Majlis Senati aslida ğayriqonuniy bölgan uşbu holatga yöl qöyilmasligini nazoratga oldi.
«Bitiruvçilarni iş bilan taʼminlaşda ana şunday közböyamaçilikka yöl qöyilayotgani, eng açinarlisi, uç tomonlama şartnoma xöjakörsinga tuzilganini uç tomon ham bilişi, bu soxta “anʼana” butun bir mamlakat rivoji uçun salbiy taʼsir qiladi», - deb hisoblaydi senator Odiljon Iminov.
Taʼkidlanişiça, uşbu masalada Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi tomonidan Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga asoslantirilgan holda tuşuntiriş beriş talabi bilan sörov yuborilgan.
Bu masalani avval ham köp bora yozgandim, nihoyat şu közböyamaçilikka Senat darajasida eʼtibor qaratilayotgani yaxşi bölibdi.
Batafsil öqiş uçun:
➖ Bitiruvçilarni işga joylaştirişning zargarona (özbekona) tizimi
➖ Bitiruvçi talabalar işga joylaşişga majbur emas
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


