Tanzila Narbayeva ota-onalarni öqituvçilarni hurmat qilişga çaqirdi
❗️Tanzila Narbayeva ota-onalarga murojaat qilib, öqituvçilarni hurmat qilişga çaqirdi
Senat raisi bugungi majlisda jumladan şunday dedi:
«Barçamiz – onamiz, otamiz va öz farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi uçun masʼulmiz. Lekin tan olib aytişimiz kerak, bugungi öquvçi ham, ota-onalar ham keçagi emas. Maktablarda erkak öqituvçilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida.
Farzandining arzimagan şikoyati uçun maktabga yugurib kelib öqituvçiga «taşlaniş»dan köpçilik ota-onalar uyalmay qöydi. Bu esa jamiyatda öqituvçi maqomining obrösizlanişiga olib kelmoqda.
Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqçiman: farzandim hayotda öz örnini topişda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson bölib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida öqituvçiga ehtirom hissini tarbiyalang va özingiz ham ustozlarni eʼzozlang.
Öqituvçi öquvçi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvçi inson, kerak bölsa hammadan bir poğona yuqori turuvçi şaxsdir».
👉 @xushnudbek 👈


